Putinning Rossiya prezidenti lavozimidagi faoliyatini rossiyaliklarning 86 foizi ma’qullaydi, 13 foizi ma’qullamaydi, qolganlar esa javob berishdan bosh tortdi. Bu haqda “Levada markazi” so‘rovi natijalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta’kidlash joiz, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning fevralidagi 69 foizdan iyunda 86 foigacha o‘sdi va shundan buyon deyarli bir xil darajada saqlanib kelmoqda.
So‘rovga ko‘ra, rossiyaliklar eng ko‘p Vladimir Putinga (59%), mudofaa vaziri Sergey Shoyguga (24%), tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga (20%) va bosh vazir Dmitriy Medvedevga (19%) ishonadi.
Izoh (0)