AQShning J.D. Power marketing kompaniyasi har 100 ta avtomobildagi nosozliklar soniga qarab eng ishonchli avtomobil rusumlari reytingini tuzdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ro‘yxatning dastlabki o‘rinlarini Lexus (100 ta mashinada 89 ta muammo), Buick (110) va Toyota (111) avtomobil rusumlari egallagan. Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Cadillac (114), Honda (116), Porsche (116), Lincoln (118), Mercedes-Benz (119), Scion (121) va Chevrolet (123) o‘rin olgan.
Eng ko‘p nosozlik Fiat rusumidagi avtomobillarda (273 ta) aniqlangan.
Izoh (0)