Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Yaqinda Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Tab S seriyasidagi planshetlarning ikkinchi avlodi ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda Tom’s Hardware nashri.

Samsung Galaxy S Tab 8.4. Foto: thg.ru

Samsung Galaxy S Tab 8.4. Foto: thg.ru

Yangi modellardan biri haqida allaqachon ba’zi ma’lumotlar tarqalib ulgurdi. Mish-mishlarga ko‘ra, u 9,7 dyuymli va 2048×1536 pikselli Super AMOLED displey bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, u to‘rt yadroli ARM Cortex-A57 protsessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 8 megapikselli asosiy va 2,1 megapikselli old kameraga ega bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, planshet metall romli ingichka korpusga joylanadi. O‘lchamlari 237,1×168,8×5,4 mm, og‘irligi 407 grammga teng bo‘ladi. Qurilma Android 5.0.2 Lollipop operatsion tizimida ishlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?