AQShning Texas shtati sudi Apple’ni Smartflash LLC kompaniyasi patentlarini buzishda aybdor deb topdi va unga 533 million dollar to‘lash majburiyatini yukladi, deya xabar bermoqda Tom’s Hardware nashri.
Bunda gap Smartflash’ga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash va to‘lov tizimiga kirishni boshqarish bo‘yicha bir qator texnologiyalar haqida bormoqda, ular iTunes orqali tarqatilgan, iOS va Mac platformalaridagi mobil qurilma va kompyuterlar uchun mo‘ljallangan ba’zi o‘yinlarda qo‘llanilgan.
Izoh (0)