Paxtachi tumanidagi “Ziyodin avto Sardor” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutasaddilari “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan xayrli ishga qo‘l urdi, deb yozadi Samarqand viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti.
Erkin Xolmo‘minov rahbarligidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatning tashabbusi bilan “Ziyodin–Navoiy” yo‘nalishida avtobus xizmatidan foydalanuvchi 60−70 yoshli keksa otaxon-u onaxonlarning yo‘l kirasi uchun 50 foiz chegirma joriy etildi.
70 yoshdan oshgan yo‘lovchilar esa qatnovdan bepul foydalanishlari mumkin.
Izoh (0)