Bugun, 20-fevral kuni PFL Kubogi – 2015 ning final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vohaning ikki klubi – “Mash’al” va “Sho‘rtan” maydonga tushdi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Muborakliklar turnirning amaldagi g‘olibi sanalar edi. O‘yinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Shunisi diqqatga sazovorki, “gazchilar” posboni Botir Nosirov asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqada hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqdi.
Asosiy vaqt durang bilan tugaganidan so‘ng jamoalar penaltilar seriyasida g‘olibni aniqladi. Unda omad “Sho‘rtan” futbolchilariga nasib etdi. “Mash’al” safida Vladislav Ivanov va Zohir Qo‘ziboyev penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Kubok ketma-ket ikkinchi marta Qashqadaryoga yo‘l olmoqda, faqat o‘tgan yilgidan farqli ravishda Muborakka emas, G‘uzorga. “Sho‘rtan” klubi 2008-yilda ham PFL Kubogida g‘alaba qozongandi.
Izoh (0)