17-fevral kuni kechqurun Rossiya tarkibiga kiruvchi Buryatiya Respublikasining Sagan-Morin qishlog‘idagi uylardan birida uch yashar qizchaning jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Uning ko‘ksida o‘tochar qurol bilan yetkazilgan jarohat bo‘lgan.
Fojia ikki nevarasi bilan yashovchi pensionerning uyida sodir bo‘lgan. Qariya ichkilikbozlikka ruju qo‘ygan bo‘lib, nevaralariga e’tiborsiz bo‘lgan. Bolalar qarovsiz qolib, oshxonada o‘ynayotgan vaqtida 5 yoshli bola sovitgich orqasidan ov miltig‘ini topib olgan va singlisiga qaratib, tepkini bosgan. O‘q qizchaning ko‘kragiga tekkan va u shu zahotiyoq vafot etgan.
Jasadni pensionerning qo‘shnisi ko‘rib qolgan va huquqni himoya qilish organlariga xabar bergan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)