17-fevral kuni Ukrainaning Ivano-Frankovskaya viloyati Snyatin shahridagi bolalar uyida tarbiyalanuvchilardan biri ustidan tez alanga oluvchi suyuqlik (odekolon) quyib, o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, “Segodnya.ua” xabar berdi.
24 yoshli jabrlanuvchi tuman markaziy shifoxonasiga yotqizildi. Unga “2—3-darajali termik kuyish, tananing 90 foizi kuyishi, kuyish shoki” tashxislari qo‘yildi.
Izoh (0)