Hindistonning Rampur shahridagi to‘yda kelin o‘z kuyovini tutqanoq tutib qolgach, marosim mehmonlaridan biriga turmushga chiqdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli Kishorda bir-biriga gul marjoni taqish marosimida tutqanoq boshlangan. Kelin bo‘lajak erining oilasi undan bu kasallikni yashirgani uchun jahli chiqqan.
To‘yni to‘xtatib o‘tirishmadi. Kuyovni tez yordam mashinasi olib ketgach, qiz mehmonlar orasidan o‘z opasining qaynukasini tanlab, undan Kishorning o‘rnini egallashni so‘radi.
Tutqanoqli yigitning ota-onasi voqealarning bunday rivojidan norozi bo‘lib, mahalliy politsiya uchastkasiga arz qildi. Biroq qizning ota-onasi bilan kelishib olgach, arizani qaytarib oldi.
Izoh (0)