Moskva Ottavaning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish qarorini javobsiz qoldirmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib, Interfax xabar berdi.
“Kanadaning sanksiyalarga stavkasi, albatta, javobsiz qolmaydi”, — deyiladi Rossiya TIV rasmiy vakili Aleksandr Lukashevichning muassasa saytiga joylangan izohida.
Idora Ottavaning sanksiyalarni kengaytirish qarorini Ukraina bo‘yicha Minsk kelishuvlarini amalga oshirishga xalal berishga beo‘xshov urinish deb atadi.
Izoh (0)