O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Polshaning Vrotslav shahrida o‘tkazilayotgan ATP seriyasidagi “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettiryapti. Do‘stov mukofot jamg‘armasi 85 ming yevroni tashkil etuvchi musobaqaning uchinchi raketkasi hisoblanadi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Dunyo reytingida 118-o‘rinni egallab turgan Farrux juda qiyin kechgan ikkinchi davra uchrashuvida chexiyalik Yan Gernixni 7:6, 7:5 hisobida taslim etdi. 35 yoshli Yan ATP reytingida 184-pog‘onadan joy olgan. Lekin o‘z vaqtida 59-o‘ringacha ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, Do‘stov ilk bosqichda germaniyalik tajribali tennischi Filipp Petshnerdan uch set davom murakkab bahsda 7:6, 6:7, 6:1 hisobida ustun kelgan edi. Farruxning chorak finaldagi raqibi bugun tunda ma’lum bo‘ladi.
Izoh (0)