O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Polshaning Vrotslav shahrida davom etayotgan ATP seriyasidagi “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning juftliklar bellashuvida mag‘lubiyatga uchradi, deb xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Do‘stov mukofot jamg‘armasi 85 ming yevroni tashkil etuvchi musobaqaning juftliklar bahsida chexiyalik Yan Marti bilan birga belaruslik tennischilar – Sergey Betov va Aleksandr Buriy hamkorligiga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Farrux endilikda asosiy e’tiborini yakkalikdagi ishtirokiga qaratadi.
Izoh (0)