Temur Olimxo‘jayev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-15 terma jamoasi 23-30-mart kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Yaponiya hamda Markaziy Osiyo mintaqasi jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladigan mazkur turnirda 2000-yilda tug‘ilgan o‘smirlardan tashkil topgan terma jamoalar ishtirok etadi.
Toikodagi xalqaro turnirda mezbon - Yaponiya o‘smirlaridan tashqari, yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqasiga kiruvchi barcha terma jamoalar - O‘zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda Afg‘oniston U-15 terma jamoalari qatnashadi. Turnir taqvimi va o‘yinlar sanasi haqida keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.
Ma’lumot uchun, Temur Olimxo‘jayev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-15 o‘smirlar terma jamoasi shu yilning sentabr oyida o‘tkaziladigan U-16 o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralashida ishtirok etadi.
Izoh (0)