“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida “Shalke-04” (2:0) darvozasini ishg‘ol qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Bu portugaliyalik futbolchining YeChL pley-off bosqichlaridagi 35-goli bo‘ldi. Shu tariqa, 30 yoshli futbolchi mazkur ko‘rsatkich bilan rekord o‘rnatdi.
Shuningdek, Ronalduning “Real” safida YeChL doirasidagi 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 58 ta gol urgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)