Qozog‘iston parlamenti Senati 19-fevral, payshanba kungi majlisda davlat rahbari Nursulton Nazarboyevga yo‘naltirilgan murojaatnomani qabul qildi, unda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini tayinlash so‘ralgan, deb yozadi “TASS”. Hujjatning qabul qilinishi uchun 42 palata a’zolarining 41 nafari ovoz berdi.
“Qozog‘iston Xalq assambleyasi Kengashi tashabbusini qo‘llagan holda Qozog‘iston Respublikasi prezidentligiga navbatdan tashqari saylovlar belgilashni so‘raymiz”, — deyiladi murojaatda.
QXA Kengashi 14-fevral kuni bunday tashabbus bilan chiqqan edi. Qonunchilikkka muvofiq, navbatdan tashqari saylovlar davlat rahbari qarori bilan belgilanadi va tegishli e’lon berilganidan boshlab ikki oy davomida o‘tkaziladi.
Izoh (0)