Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya davlat kimoshdi savdolari rasmiy saytida 17-fevral kuni Kreml sotilishi haqida e’lon paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RBK”. Lot ma’lumotlarida yozilishicha, buyurtmachi sifatida Nijneserginskiy munitsipal tumani ma’muriyati nomidan rahbari Valeriy Yeremeyev chiqqan. Ariza “axborot boshqa shaxslarga ma’lum bo‘lgani uchun” rad etilgani qayd qilingan.

Foto: rbk.ru

Foto: rbk.ru

Kremlning boshlang‘ich bahosi qilib 30 rubl, kimoshdi savdosidagi qadam esa 2 rubl qilib belgilangan. Lot izohida “binoga egalik qilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bino sotilgan vaqtdan boshlab 30 kun ichida uni tark etishi lozimligi” yozilgan. Savdodan kelgan barcha mablag‘lar “Novorossiyadagi jangchilar hisobiga o‘tkazilishi” ham qayd qilingan.

Mulk xususiyatlari bo‘limida binoning holati a’lo darajada ekanligi, restavratsiya qilingani, qo‘riqlash va maxsus aloqa tizimi bilan jihozlangani, ikkita yerosti qavatiga, qulay va qo‘riqlanadigan avtoturargohga egaligi yozilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi