16-fevral kuni Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi Turkiyadagi yig‘in doirasida Ukrainaning “Dnepr” klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Uchrashuvda Murod Ismoilov jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etilishicha, golni farg‘onaliklar qarshi hujumdan keyin urgan. Unda ikki futbolchi ishtirok etgan va Murod Bobojonovning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘ridan joy olgan.
Oldinroq “Neftchi” Tojikistonning “Istiqlol” jamoasini ham mag‘lubiyatga uchratgandi – 1:0. Jamoa Turkiyadagi yig‘in davomida “Amkar” va Ukrainaning “Metallurg” klublariga ham qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Nazorat uchrashuvi
“Dnepr” — “Neftchi”0:1 (0:0)
Gol: Bobojonov, 63
“Dnepr”: Boyko (Shelixov, 46), Ejidio (Migunov, 46), Kankava (Shaxov, 46), Konoplyanka (Gorbunov, 46), Cheberyachko (Svatok, 46), Zozulya (Kalinich, 46), Gama (Bezus, 46), Duglas (Fedetskiy, 46), Luchkevich (Nagiyev, 46), Fedorchuk (Gudz, 46), Rotan (Seleznev, 46).
“Neftchi” (boshlang‘ich tarkib): Cheremisin, Po‘latov, Rasulov, Mehmonov, Haydarov, Ermatov, Ubaydulayev, Rahmonov, Bobojonov, Maxstaliyev, Olimov.
Ogohlantirish: Fedetskiy.
Izoh (0)