Davlat soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarning soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash monitoringi boshqarmasi boshlig‘i “Angren” maxsus industrial zonasi hududida beriladigan soliq imtiyozlarini ma’lum qildi.
Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona “Angren” maxsus industrial zonasi hududida ishtirokchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Ushbu korxona ishlab chiqarish faoliyatidan tashqari tovarlarni sotib olish va sotish (ulgurji savdo) faoliyati bilan ham shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 apreldagi “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi PF-4436-sonli Farmoni 5-bandiga muvofiq “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilari:
- Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, ularning mol-mulkiga solinadigan soliqni, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lashdan, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
- Respublikada ishlab chiqarilmaydigan, loyihalarni amalga oshirish doirasida “Angren” MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilingan.
- 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha bo‘lganda – 3 yil muddatga;
- 3 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha bo‘lganda – 5 yil muddatga;
- 10 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda – 7 yil muddatga beriladi.
Izoh (0)