Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqinda Xorazm viloyati Xonqa tumani A.Bahodirxon ko‘chasi 29-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro R.Rahimovaning Xonqa tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan elektr energiyasi ta’minotida tartibsiz ravishda uzilishlarga yo‘l qo‘yilayotganligidan norozi bo‘lib hududiy boshqarmaga qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Xonqa tuman elektr ta’minoti korxonasidan olingan ma’lumotlar va R.Rahimovaning shikoyati tahlil etilganda, qayd etilgan holat o‘z tasdig‘ini topdi. Bu haqda “Biznes-daily.uz” xabar bermoqda.

Arxiv. Foto: pravda.ru

Arxiv. Foto: pravda.ru

O‘rganish xulosalarida qayd etilishicha, fuqaro R.Rahimovaga Xonqa tuman, A.Bahodirxon ko‘chasida joylashgan “Xonqa” nimstansiyasining “Xorazm” fideriga ulangan TP-8053dan elektr energiyasi yetkazilishi ma’lum bo‘ldi. “Xorazm” fideri orqali elektr energiyasi uzatishdagi cheklashlar grafigi Xonqa tuman hokimi O.Jumanazarov bilan kelishilib, “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi Q.Xajiyev tomonidan tasdiqlangan. Ushbu cheklashlar grafigiga asosan “Xorazm” fiderida juft sanalarda bir kecha-kunduzda 2 soatdan 6 marotaba elektr tarmog‘ida uzilishlar bo‘lishi belgilangan.

Lekin mazkur grafik Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” ilovasi 10-bo‘limi 150-bandiga, ya’ni “Quvvat va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha cheklash va uzib qo‘yish jadvallari iste’molchilar tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi, mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan kelishiladi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadi va yagona elektr energetika tizimida elektr quvvati va energiya tanqisligi paydo bo‘lganda joriy etiladi” degan talablariga ziddir. Oqibatda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan quvvat va elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha cheklash va uzib qo‘yish jadvallari iste’molchilar bilan birgalikda ishlab chiqilmaganligi, uzilishlar kunning qaysi davrida qancha davriylikda bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar haqida xabar qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Qolaversa, Xonqa tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ham uzilishlar grafigiga rioya qilmaslik holati kuzatilgan. Bu bilan “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati va Xonqa tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ilovasining 10-bo‘lim 154-bandi 4-xatboshisi, ya’ni “elektr energiyasini cheklash jadvallarini zudlik bilan joriy etish zarur bo‘lganda, bu haqdagi bildirishnoma, sutkaning vaqtidan qat’i nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin iste’molchilarga yetkaziladi” degan talablariga rioya qilinmagan. Oqibatda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19–moddasi 1-qismi “Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart” degan talabi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasi 1-qismi 3- va 5-xatboshisi, ya’ni “o‘z tovarlari sotib olinishida iste’molchilarga teng sharoitlar yaratib berish…” va “iste’molchilarning zarur hajmdagi va lozim darajadagi sifatli tovarlarni olishdan iborat huquqlari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik” degan talablari buzilgan.

Yuqoridagi qonun talablariga rioya qilmagani uchun Xonqa tuman elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi Umirbek Qo‘chqarov O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 178-moddasi 3-qismiga asosan eng kam ish haqining 5 (besh) baravari miqdorida jarimaga tortildi. O‘z navbatida, tuman elektr ta’minoti korxonasi kelgusida iste’molchilar huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi