Toshkent shahar Shayxontohur tumani A. Xo‘jaev ko‘chasida joylashgan kafe oldida noma’lum shaxs 52 yoshli ayolni qo‘rqitib, uning Nokia telefonini ochiqdan-ochiq tortib olib voqea joyidan yashirindi, deb xabar berildi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur talonchilik jinoyatini Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi shaxs sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 166-moddasining tegishli qismlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)