Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Jasur Boyqo‘ziyev Antaliya shahrida o‘tkazilgan Turkiya Ochiq chempionatida munosib tarzda ishtirok etib, oltin medal bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Ushbu musobaqada 2016-yilgi Rio Olimpiadasiga muhim reyting ochkolari ham o‘ynaldi. Boyqo‘ziyev hal qiluvchi final bellashuvida britaniyalik Massop-Muhammad Lutaloni mag‘lubiyatga uchratdi.
Jasur finalga qadar yarim finalda ozarbayjonlik Radik Isayevdan ustun keldi. Chorak finalda italiyalik raqibi Karlo Molfetta taslim etilgandi.
Izoh (0)