O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu haftada O‘zbekistonning aksariyat hududlarida iliq ob-havo kuzatiladi.
18−21-fevralda harorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 2−7° sovuq, kunduzi 0−5° iliq, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0−5° iliq, 19−20-fevralda ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 8−13° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0−5° sovuq, kunduzi 2−7° iliq, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kechasi 0−5° iliq, 19−20-fevralda ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 8−13° iliq, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 2−7° iliq, kunduzi 10−15° iliq, Farg‘ona vodiysida kechasi 0−5° iliq, kunduzi 18−19-fevralda 6−11° iliq, 20−21-fevralda 8−13° iliq bo‘ladi.
Barcha hududlarda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi,vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. 18−20-fevralda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-fevralda 0−5° sovuq, 19−21-fevralda 3−8° sovuq, kunduzi 2−7° iliq bo‘ladi.
Izoh (0)