Jizzax shahrida yashovchi ayolning uyidan sariq metalldan yasalgan zanjir o‘g‘irlangan edi, deb xabar berildi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida.
Voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari o‘g‘ri uyga kirish eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirganligini aniqladi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish va jabrlanuvchining qo‘ni-qo‘shnilari bilan olib borilgan surishtiruvlar jarayonida gumonlanuvchining iziga tushildi va u tezlikda ushlandi.
Aniqlanishicha, ushbu o‘g‘irlikni ayolning mahalladoshi 1990-yilda tug‘ilgan ayol sodir etgan ekan. Tergov jarayonida u uydan sariq metalldan yasalgan zanjirdan boshqa qimmatbaho buyumlar topa olmaganligini aytib, aybiga iqror bo‘ldi. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)