Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani IIBga 24 yoshli ayol murojaat qilib, kerakli narsalarni xarid qilish uchun do‘konga ketayotganida noma’lum shaxs uni qo‘rqitib, mobil telefonini berishni talab qilganligini, uning yalinib-yorvorishiga qaramasdan, unga quloq solmay, qo‘l telefonini olib qochib ketganligini ma’lum qiladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Jabrlanuvchi zo‘ravonning ko‘rinishi haqidagi bergan ma‘lumotlari asosida ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni hech qayerda ishlamaydigan, G‘azalkent shahrida yashovchi shaxs sodir etganligi aniqlandi va qo‘lga olindi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)