General Motors kompaniyasi Shimoliy Amerika avtomobil bozoridan 81 mingta avtomobilni qaytarib olishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Aksiya 2006−2007-model yillariga tegishli Chevrolet Malibu, Chevrloet Malibu Maxx va Pontiac G6 avtomobillarini qamrab oladi. (Bu GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan Malibu avtomobillaridan farq qiladigan, eski modellar hisoblanadi). Mutaxassislar nosoz datchikni almashtirib, boshqaruv tizimining elektr kuchaytirgichidagi muammoni bartaraf qilishi lozimligi qayd etilgan.
GM ushbu nosozlik bilan bog‘liq faqat bitta yo‘l-transport hodisasidan xabardorligini ma’lum qilgan. Chaqirilgan avtomobillardagi nosozlik bepul bartaraf etishiga va’da berilgan.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda shunga o‘xshagan muammo tufayli GM bozordan 1,3 millionta avtomobilni chaqirib olishiga to‘g‘ri kelgan.
Izoh (0)