Nissan kompaniyasi qorong‘ilikda o‘zidan yorug‘lik chiqaradigan Nissan Leaf elektrokarini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Model stronsiy alyuminati — biologik va kimyoviy jihatdan inert bo‘lgan yorqin rangdagi qattiq modda qo‘shilgan maxsus bo‘yoq bilan qoplandi. Qoplama kun davomida ultrabinafsha nurlarni to‘playdi va kechqurun nur sochadi.
Yaponiyaliklar ta’kidlashicha, bunga o‘xshash texnologiya tyuning kompaniyalari tomonidan allaqachondan beri foydalanilib kelinadi, biroq avtomobil ishlab chiqaruvchilardan hech biri hali uni rasman qo‘llamagan.
Hozircha Yaponiya kompaniyasi yog‘du sochadigan bo‘yoqni Leaf uchun opsiya sifatida taklif qilish-qilmasligi noma’lum.
Izoh (0)