Pekin internet uyushmasining Yangi yil konsertida xor Xitoy kiberhudud ma’muriyati buyurtmasiga binoan yozilgan internetning norasmiy madhiyasini ijro etdi, deb xabar bermoqda Meduza.
Ushbu qo‘shiq konsertning eng yorqin qismi bo‘lgan, biroq uning internetga chiqarilgan videoyozuvlarini tez orada Xitoy saytlaridan o‘chirib tashlashgan.
Qayd etilishicha, qo‘shiqda asosan buyurtmachining vazifalari haqida kuylangan bo‘lib, naqorat esa internetning kuchiga bag‘ishlangan. Madhiya matnini 2008-yilgi Pekin Olimpiadasi madhiyasi muallifi yozgan.
Izoh (0)