Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

TransAsia kompaniyasi rahbariyati Tayvanning Taybey shahri tashqarisida halokatga uchragan layner qurbonlari qarindoshlariga jami 416 ming yevro to‘laydi, deya xabar bermoqda Interfax G‘arb OAVlariga tayanib.

Foto: AP

Foto: AP

Havo kemasi bortida jami 58 kishi — 5 nafar ekipaj a’zolari va 53 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Ikki motorli samolyot Taybeydan Tayvan bo‘g‘ozidagi Szinmen arxipelagiga ichki reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. “Sunshan” aeroportidan uchib ketish vaqtida layner boshqaruvni yo‘qotgan. Chap qanoti bilan yonboshqa og‘ib qolgan samolyot osma ko‘prikni turtib o‘tgan va daryoga qulagan.

Aviahalokatda 15 kishi tirik qolgan. 42 yo‘lovchi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi