Navoiy shahri Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro muqaddam avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanib kelganligi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining hukmi bilan 2013-yilda eng kam oylik ish haqining 7 barobari miqdorida jarimaga tortilgan edi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
U qonunchilik talablarini yana bir bor qo‘pol tarzda buzib, tegishli ruxsatnomasiz o‘z avtomashinasida fuqarolarga pullik xizmat ko‘rsatayotganida Navoiy viloyat IIB YHXB va davlat soliq idorasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Fuqaroning ushbu harakatlariga sud tomonidan qonuniy baho berildi. Unga ko‘ra, sudlanuvchiga ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlangan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Izoh (0)