Minskda Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya, Rossiya va Ukraina prezidentlari Fransua Olland, Vladimir Putin va Pyotr Poroshenko ishtirokida “normandcha format”da 16 soat davom etgan muzokaralar yakunlandi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
“TASS” xabar berishicha, taklif etilgan hujjatni “Donetsk Xalq Respublikasi” va “Lugansk Xalq Respublikasi” vakillari ham imzolagan.
Qayd etilishicha, Minskdagi muzokaralar tufayli bugun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Yevropa Kengashi sammiti ham kechiktirilgan.
Izoh (0)