Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Minskda Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ishtirokida “normand to‘rtligi” muzokaralari 12 soatdan buyon davom etmoqda, deb xabar berdi “Segodnya.ua”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“O‘n soat davomida tomonlar bir necha marotaba muzokaralar xonasidan tashqariga chiqdi. Merkelning telefonida quvvat qolmadi − uni yordamchilariga zaryadlantirish uchun berdi. Lavrov chekishga chiqdi. Putin qo‘lida hujjatlar bilan chiqdi va kimgadir qo‘ng‘iroq qildi. Hozir ikkita hujjat haqida gap ketayotgani ma’lum. Ba’zi bandlar ustida kelishuvga erishilgan”, − dedi ukrainalik jurnalist Irina Gerasimova.

Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha katta burilish yasashi kutilayotgan ushbu muzokaralar haligacha davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank