Janubiy Koreya futbol federatsiyasi rasmiylari bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mart oyida O‘zbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi borasida ma’lumot berib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Ushbu o‘yinlarning o‘tkazilish joyi esa hozircha noma’lum bo‘lib turibdi. Koreyaliklar 27-mart kuni O‘zbekistonni, 31-mart kuni esa Yangi Zelandiyani qabul qiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi esa 31-mart kuni Yaponiya bilan safarda o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Izoh (0)