O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda okrug saylov komissiyasi a’zolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Sirdaryo viloyati matbuot markazi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Aytib o‘tish joizki, Sirdaryo viloyatida tuzilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 260ta uchastka saylov komissiyalari bugungi kunda umumta’lim maktablari, kasb–hunar kollejlari va akademik litseylar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tibbiyot muassasalari va qishloq vrachlik punktlari, korxona va tashkildotlarning binolarida hamda harbiy qismlarda joylashgan.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining shaxsiy tarkiblarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasining qarori haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Majlisda okrug saylov komissiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama etildi.
Izoh (0)