Xorazm viloyatining Gurlan tumanida yashovchi 38 yoshli erkak hech qayerda ishlamasligiga qaramay, buzilgan qulflarni tuzatish qobiliyati orqali ko‘pchilikka yordam berishi mumkin edi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Nashrning qayd etishicha, u boshqa yo‘lni tanlagan. Eshik qulfini buzib, bir ayolning uyiga kirgan erkak ichkaridagi televizor, uyali telefon va 10 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketdi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatchi tez orada qo‘lga olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)