Toshkent shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat chempionatida Respublikaning barcha hududlaridan kelgan jami 410 nafar sportchi g‘oliblik uchun bel olishdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Bu yilgi musobaqada Abdulla Tangriyev, Yahyo Imomov, Navro‘z Jo‘raqobilov kabi nomdor sportchilar bilan birga Nankin — 2014 o‘smirlar olimpiada o‘yinlarining bronza medali sovrindori Suhrob Tursunov kabi yosh iqtidorlar ham tatamida o‘z mahoratini namoyish etdi.
Qizg‘in kechgan bellashuvlarning yakunlariga ko‘ra erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda poytaxtlik sportchilar eng ko‘p oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, xotin-qizlar musobaqasida shohsupaning yuqori pog‘onasiga eng ko‘p xorazmliklar ko‘tarildi.
O‘zbekiston chempionatida o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinlarni egallagan sportchilar:
Erkaklar:
- Bahrom Inoyatov (-60 kilogramm, Toshkent);
- Hamidjon Mo‘minov (-66 kilogramm, Toshkent);
- G‘iyosjon Boboyev (-73 kilogramm, Buxoro);
- Shuhratjon Arslonov (- 81 kilogramm, Toshkent);
- Yahyo Imomov (- 90 kilogramm, Surxondaryo);
- Faxriddin Sharipov (- 100 kilogramm, Toshkent);
- Abdulla Tangriyev (+ 100 kilogramm, Surxondaryo);
- Baxtiyor Mengliyev (mutloq vaznda, Surxondaryo).
- Nodira Gulova (-48 kilogramm, Samarqand);
- Dildora Ubaydullayeva (-52 kilogramm, Surxondaryo);
- Shohida Nazarova (-57 kilogramm, Toshkent);
- Tursunpasha Nurmetova (-63 kilogramm, Xorazm);
- Gulnoza Matniyozova (-70 kilogramm, Xorazm);
- Kumush Yo‘ldosheva (-78 kilogramm, Xorazm);
- Saneayem Erkinbayeva (+ 78 kilogramm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi);
- Rahima Yo‘ldosheva (mutloq vaznda, Xorazm).
Izoh (0)