Afrika millatlar kubogi musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Finalda Kot-d`Ivuar va Gana terma jamoalari bahs olib bordi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
Jamoalar 120 daqiqa davomida darvozalarga qo‘l topa olmadi. Penaltilar seriyasida esa ivuarliklar g‘alaba qozondi — 9:8.
Shu tariqa, Kot-d`Ivuar o‘z tarixida ikkinchi marta qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoa 1992-yilda ham finalda Ganani penaltilar seriyasida (0:0, penalti seriyasi — 11:10) mag‘lub etgandi.
Gana esa 4 marta Afrika chempioniga aylanganini ta’kidlab o‘tish lozim.
Izoh (0)