Toshkentda o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, shuningdek kollejlar o‘quvchilariga dars vaqtida va tunda internet-kafelarga borish taqiqlanishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi UzDaily.
Toshkent shahar hokimligining bu boradagi qarori loyihasi Yagona davlat interaktiv xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirilgan. Loyihada aytilishicha, tegishli vaqtlarda o‘quvchilar ota-onalari yaki vasiylaridan biri hamrohlik qilmagan holda borishlari mumkin bo‘lmaydi.
Bu to‘g‘risidagi ogohlantirish internet-kafelarda joylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, internet-kafelar zo‘ravonlik, pornografiya, diniy sekta va oqimlar, ekstremizm, irqchilikni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi ogohlantirish joylashtirilishi lozim. Internet-kafelar umumiy foydalanish joylarida tashrifchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun kuzatuv kameralari o‘rnatishi kerak.
Izoh (0)