“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Turkmaniston bilan chegara yaqinida joylashgan gaz-kondensat konlarini ishlab chiqish bo‘yicha 334 million dollarlik loyihani amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Loyiha 5 ta konni ishga tushirishni ko‘zda tutar edi, ulardan eng yiriklari Somontepa, Girsan va Tayloq konlaridir. Qazilmalarning asosiy qismi eksport qilinadigan ushbu konlardan chiqariladgan gaz hajmini 2015-yilda 3,8 milliard kubometrga, kondensatni 68 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.
Loyihani moliyalashtirish “O‘zbekneftgaz”ning 212,7 million dollarlik o‘z mablag‘lari, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 75,5 million dollarlik krediti va o‘zbek banklarining 46,2 million dollarlik krediti evaziga amalga oshirilmoqda.
Ushbu konlar bo‘yicha umumiy dastur 2020-yilga borib yiliga 6,8 milliard kubometrgacha gaz va 168 ming tonnagacha kondensat qazib chiqarish imkonini beradi. Qayd etilishicha, ushbu konlar 1990-yillar boshida ochilgan bo‘lsa ham, haligacha foydalanilmayotgan edi.
Izoh (0)