Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov The New York Times gazetasining Saudiya Arabistoni Rossiyaga Suriya prezidenti qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish evaziga neft narxi oshishiga ta’sir qilishni taklif qilgani haqidagi xabarini rad etdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Peskov maqolada keltirilganlarni “gazetaning o‘ylab topganlari” deb atagan. Bu borada Kreml matbuot kotibi boshqa izoh bermagan. Avvalroq, shunga o‘xshash izohni Davlat dumasining xalqaro siyosat bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov ham keltirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va energetika vaziri Aleksandr Novak Ar-Riyodda muzokaralar o‘tkazgani rost, unda neft narxi ham muhokama qilingan, biroq Suriya masalasida hech qanday gap bo‘lmagan.Eslatib o‘tamiz, The New York Times gazetasi Moskva Suriya bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirgan taqdirda Ar-Riyod neft qazib chiqarish hajmini kamaytirishga tayyorligini, bu esa o‘z navbatida “qora oltin” narxining ko‘tarilishiga olib kelishini xabar bergan edi.
Izoh (0)