3-fevral, seshanba kuni kechqurun Nyu-York tashqarisidagi Uayt-Pleyns shahrida yo‘lovchi poyezdi avtomobil bilan to‘qnashib ketishi natijasida yetti kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru” Nyu-York transport boshqarmasiga tayanib.
Ushbu hodisa qurbonlar soni bo‘yicha “Metro-Nort” temir yo‘lida sodir bo‘lgan eng jiddiy halokat bo‘ldi. Yana 12 kishining jabrlangani xabar berilmoqda.
Nobud bo‘lganlardan biri poyezd bilan to‘qnash kelgan “Jip Cheroki” avtomobili haydovchisidir. Qolgan olti nafari — poyezd yo‘lovchilari. Poyezdda jami 750 ga yaqin kishi bo‘lgan.
Izoh (0)