O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Islom Ahmedov FIFA instruktorlariga nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Rustam Akramov ma’lumotiga tayanib, “Uff.uz” xabar beradi.
Ayni paytda Ahmedov Osiyo Futbol Konfederatsiyasining texnik qo‘mitasi a’zosi bo‘lib ishlab kelmoqda. Uni OFK mutasaddilari qit’a bo‘yicha FIFA instuktorlariga nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi. Shu kunlarda mazkur ro‘yxatni FIFA rasman tasdiqlashi kutilmoqda.
Agar Ahmedov tasdiqlansa, birinchi marta FIFA tashkilotida o‘zbekistonlik mutaxassis ham faoliyat olib boradigan bo‘ladi. Bu juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi.
Izoh (0)