Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Novosibirsk shahrida ichida 15 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan trolleybusni olib qochgan 35 yoshli erkak qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda “TASS” Novosibirsk viloyati IIV BB matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, 30-yanvar kuni trolleybus so‘nggi bekatga yetib kelganida erkak trolleybus haydovchisi bilan jangga kirishgan, uni kabinadan uloqtirib, rulga o‘zi o‘tirgan va trolleybusni haydab ketgan.

Trolleybus Mercedes avtomobili bilan to‘qnashib ketgachgina to‘xtagan. Voqea guvohlari jinoyatchining qochib ketishiga yo‘l qo‘ymagan. Bir necha daqiqadan so‘ng hodisa joyiga patrul-post xizmati politsiyachilari yetib kelgan.

Unga nisbatan “Transport vositasiga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilish” moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha ish ochilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr