Qozog‘istonning Aktobe shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqaning juftliklar musobaqasida g‘oliblar aniqlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Quvonarlisi, turnirda uchinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Albina Xabibulina va Polina Merenkova tandemi musobaqa g‘olibalariga aylanishdi. O‘zbekistonlik tennischilar hal qiluvchi final bahsida turnirning birinchi raqamli juftligi – Kseniya Palkina (Qirg‘iziston) va Yeva Vakanno (Gollandiya)ni 6:2, 7:6(6) hisobida taslim etishdi.
Izoh (0)