Ukraina Oliy Radasi Rossiyani zo‘ravon davlat sifatida tan olib, BMT, Yevropa parlamenti, Yevropa kengashi parlamentlar assotsiatsiyasi, NATO parlamentlar uyushmasi, GUAM parlamentlar assotsiatsiyasi, milliy parlamentlarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”. Ushbu murojaatni yoqlab 271 nafar deputat ovoz bergan.
“Ukraina Rossiya tomonidan yirik teraktlarni qo‘llab-quvvcatlash hisobiga amalga oshirilayotgan harbiy agressiya obyekti bo‘lib qolmoqda. Ikki haftadan kamroq muddatda Volnovax, Donetsk va Mariupolda harbiy otishmalar va Rossiya tomonidan qo‘llanayotgan terrorchilarning harakatlari oqibatida Ukrainaning 50 dan ortiq tinch aholisi halok bo‘ldi.
YXHT missiyasi Mariupol terrorchilar nazoratidagi hududlardan o‘qqa tutilganini tasdiqlaydi. Fojeali hodisalar mantig‘i bu tinch aholini qo‘rqitishga qaratilgan oldindan rejalashtirilgan qonli ig‘vo ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ushbu fojeali voqealar Rossiya va terrorchilar mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishi bo‘yicha xalqaro darajada tan olingan yagona asos bo‘lgan Minsk kelishuvlarini bajarishni istamayotganini tasdiqlaydi”, − deyiladi murojaatda.
Izoh (0)