2015-yilning 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Vikram Kumar Doraisvami bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar berildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston — Hindiston munosabatlarining amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilindi.
Izoh (0)