O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov boshchiligidagi delegatsiya 2015-yilning 26-27-yanvar kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 23-iqtisodiy va ekologik forumiga ilk tayyorlov uchrashuvida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Ushbu forum “YXHT mintaqasida suv zaxiralarini boshqarish – hamkorlik orqali xavfsizlik va barqarorlikni oshirish” mavzusiga bag‘ishlanadi va Vena shahrida (Avstriya) bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)