Namangan viloyati Uychi tumanida madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Viloyatda 2013—2018-yillar mobaynida 84 madaniyat va aholi dam olish markazi tashkil etish rejalashtirilgan. 2014-yilda Namangan, Yangiqo‘rg‘on, Norin tumanlarida uchta ana shunday markaz ish boshladi.
Uychi tumani Birlashgan qishlog‘ida “Shaydulloxon qurilish pardoz” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan madaniyat va aholi dam olish markazi qurilishiga 495 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.
“Milliy madaniyatimiz an’analarini asrash, o‘rganish va rivojlantirishda bunday maskanlarning ahamiyati katta, — dedi markaz direktori Yoqutxon Jo‘raboyeva. — Bu yerda xalq ijodiyotini asrab-avaylash va rivojlantirish, professional va havaskor badiiy jamoalar, ayniqsa, yoshlarning ijod qilishi, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Jumladan, 250 o‘rinli konsert zali, milliy sozandalik va xonandalik to‘garaklari zarur jihoz va asboblar bilan ta’minlandi”.
Izoh (0)