Xitoyning Alibaba internet-do‘koni o‘z mijozlari sonini 2 milliardga yetkazmoqchi. Bu haqdda Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida kompaniya rahbari Jek Ma ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Xitoy konsernining 2013−2014-moliyaviy yildagi foydasi 8,4 milliard dollarni tashkil etgan. Kompaniyaning 50 yoshli asoschisi Bloomberg versiyasi bo‘yicha Osiyoning eng boy kishisi deb topilgan. Uning boyligi 28,6 milliard dollarga baholangan.
Alibaba Group savdo maydonchalari 231 million faol xaridorlarga ega. Bu Xitoy aholisining qariyb 1/5 qismini va mahalliy xaridorlarning 40 foizini tashkil etadi. 2014-yilning sentabr oyida Alibaba jahon tarixidagi eng yirika aksiya tarqatilishini amalga oshirib, aksiyalar sotilishidan 25 milliard dollar ishladi.
Izoh (0)