Ukrainaning “Energiya” klubi futbolchisi Vladimir Kozlenko “Olimpik”ga qarshi Makarov xotira musobaqasi uchrashuvi vaqtida telefonda so‘zlashgani sabablarini tushuntirib berdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, o‘sha vaqtda 35 yoshli futbolchining oilasi Donetskdan chiqib ketayotgan bo‘lgan va u ularning holidan xabar olib turgan.
“Bu juda muhim edi, oilamga aloqador. Shuning uchun qo‘ng‘iroqqa javob berdim. Uzr so‘rayman”, — dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Kozlenko bu ishi uchun musobaqaning qolgan o‘yinlaridan chetlashtirilgan edi. “Energiya” bosh direktori Sergey Korolskiy klubda ko‘rikdan o‘tayotgan Kozlenkoning xizmatlaridan voz kechganligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)