Saudiya Arabistoni qiroli Abdullohning o‘limi munosabati bilan jahon davlatlari yetakchilari hamdardlik izhor etmoqda, bir necha qo‘shni davlatlarda esa motam e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Birinchi bo‘lib hamdardlik bildirgan Misr prezidenti Abdul Fattoh as Sisi va Iordaniya qiroli Abdulloh II Davosda bo‘lib o‘tayotgan jahon iqtisodiy forumini tashlab Ar Riyodga borishini ma’lum qilgan. Misrda 7 kunlik, BAA va Falastinda 3 kunlik, Iordaniya va Bahraynda 40 kunlik motam e’lon qilindi.
Hozirda Efiopiyada bo‘lib turib, keyin Jibutiga yo‘l olishi kerak bo‘lgan Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Afg‘oniston safarini ham qoldirib, Ar Riyodga boradi. Qirol Abdullohning dafn marosimi 23-yanvar, juma kuni Asr namozidan keyin Ar Riyodda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)